Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
Tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyati o‘rganildi

Tibbiyot xodimlarining kasbiy salohiyati o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi Qonuni hamda sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasi va xizmat ko‘rsatish sifati ustidan tizimli nazoratni kuchaytirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N.Ubaydullayev Namangan shahar 3-oilaviy poliklinikasi hamshira xodimlarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalari holatini o‘rgandi.

O‘rganish davomida tibbiyot xodimlarining malaka darajasi, bemorlar bilan muloqot madaniyati, tibbiy hujjatlarni yuritish sifati hamda amaldagi klinik standartlar va protokollarga rioya etilishi yuzasidan atroflicha tahlillar olib borildi.

Deputatlik nazorati yakunlari bo‘yicha tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, xodimlarning malakasini muntazam takomillashtirib borish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4