Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
Kengash qarorlari ijrosi yuzasidan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

 Kengash qarorlari ijrosi yuzasidan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov raisligida Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning ijrosini ta'minlash, ularning bajarilish holatini tahlil qilish hamda nazorat samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Kengash qarorlarining ijro holati, belgilangan vazifalarning bajarilishi, ijro intizomi hamda mavjud muammo va kamchiliklar atroflicha muhokama qilindi. Mas'ul tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, qarorlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta'minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Shuningdek, kun tartibidagi asosiy masalalardan biri sifatida Namangan shahar Moliya bo‘limining hisoboti eshitildi. Hisobotda mahalliy budjet mablag‘larining maqsadli va samarali sarflanishi, Kengash qarorlarida belgilangan vazifalarning moliyaviy ta'minoti hamda budjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida axborot berildi.

Muhokamalar yakunida Kengash qarorlari ijrosini so‘zsiz ta'minlash, ijro intizomini yanada mustahkamlash, nazorat tadbirlarini tizimli davom ettirish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas'ul rahbarlarga aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 3