Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

YOSHLAR BILAN ISHLASH — MUHIM YO‘NALISH

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 1-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat M.Kumakov tomonidan mahallasida yoshlar bilan bog‘liq ishlar o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida mahalladagi yoshlarning muammolari, bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

📌 Aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berilib, yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha nazorat ishlari davom ettiriladi.   

Slide 1 of 2