4-BAND IJROSI: HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AMALIY NATIJALAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan Tavsiyalarning 4-bandi — aholi daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash yo‘nalishida o‘rganishlar davom etmoqda.
📍 Deputat O.Shukurov tomonidan Boldir MFY hokim yordamchisi faoliyati o‘rganilib, mahalladagi oilalarning tadbirkorlik va bandlik imkoniyatlaridan foydalanish holati bilan tanishildi.
🐔 O‘rganish davomida parrandachilik bilan shug‘ullanayotgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazilib, ularning faoliyati, daromad manbalari va mavjud imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
🔎 Shuningdek, aholining tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi daromad manbalarini yaratish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.