Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan biriktirilgan tashkilot — tuman Madaniyat uyida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganish davomida muassasaning faoliyati, mavjud shart-sharoitlar hamda ish jarayonining tashkil etilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.
🔹 Shuningdek, tashkilot faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar, ularni bartaraf etish imkoniyatlari va kelgusidagi vazifalar muhokama qilindi.
🤝 Doimiy komissiya va biriktirilgan tashkilot o‘rtasidagi bunday hamkorlik muammolarni joyida aniqlash, deputatlik nazoratini kuchaytirish va amaliy yechimlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
📌 O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqiladi.