#bayram_tabrigi
🔰Ustoz va murabbiylarga ehtirom
❄️1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov tomonidan ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylar holidan xabar olinib, ularni bayram bilan samimiy muborakbod etdi.
❄️Uchrashuv davomida ustozlarning yosh avlodni bilimli, ma’naviy yetuk va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashdagi beqiyos o‘rni, mashaqqatli va sharafli mehnati alohida e’tirof etildi.
❄️Bayram munosabati bilan ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, mas’uliyatli faoliyatlarida ulkan zafarlar hamda shogirdlari kamolini ko‘rish baxti tilandi.
👉Ustozga hurmat — kelajakka hurmatdir. Zero, jamiyat taraqqiyoti va yurt kelajagi uchun munosib avlodni tarbiyalashda o‘qituvchi va murabbiylarning o‘rni beqiyosdir.
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt