Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🟦 KAMBAG‘AL OILALAR BILAN MANZILLI ISHLASH — E’TIBOR MARKAZIDA

Beshmergan mahallasida individual rejalarning ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati O. Xolbayev tomonidan Beshmergan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va mahalla faollari tomonidan kambag‘al oilalar ro‘yxatiga kiritilgan oilalar bilan ishlash bo‘yicha ishlab chiqilgan individual reja o‘rganildi.
🔹 Oilaning ijtimoiy va iqtisodiy holati tahlil qilindi;
🔹 Mavjud muammolar va ehtiyojlar belgilandi;
🔹 Bandlik va daromad manbalarini oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi;
🔹 Individual rejada belgilangan vazifalarning ijrosi muhokama qilindi;
🔹 Oilani kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha manzilli va amaliy choralarni kuchaytirish yuzasidan takliflar bildirildi.
📌 Maqsad: har bir oilaning muammosini manzilli o‘rganish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda oilaning barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish.