Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🟦 AHOLI MUAMMOLARI — DEPUTATLAR E’TIBORIDA

📍 5-Beshmergan saylov okrugidan saylangan deputat O. Xolboyev hamda deputat D. Xasanova Beshmergan mahallasida ko‘chaboshilar bilan birgalikda hududdagi mavjud muammolarni ko‘chama-ko‘cha yurib o‘rganmoqdalar.
🔹 O‘rganishlar davomida: — xonadonma-xonadon aholi murojaatlari tinglanmoqda;
— hududdagi ijtimoiy va infratuzilmaga oid muammolar aniqlanmoqda;
— aholining taklif va tashabbuslari o‘rganilmoqda;
— aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish choralari belgilanmoqda.
🤝 MAQSAD — AHOLI BILAN BEVOSITA MULOQOT QILISH, MUAMMOLARNI O‘Z VAQTIDA ANIQLASH VA ULARNING YECHIMINI TA’MINLASH.