Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Kariyev tomonidan Komiljon Otaniyozov mahallasida ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish hamda ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyat rejasi ijrosi o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida mahallada ishsiz fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish, daromad manbalarini yaratish va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🔹 Shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlarning sifati va manzilliligi, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni hal etish choralari ko‘rib chiqildi.
🔹 Mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy infratuzilma loyihalarining borishi hamda ularning aholi turmush sharoitiga ta’sirini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.