Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Kariyev tomonidan Komiljon Otaniyozov mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi o‘rganildi.
🔹 O‘rganish davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash borasidagi ishlar tahlil qilindi.
🔹 Shuningdek, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj va muammoli vaziyatga tushgan xotin-qizlarga ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
🔹 Aniqlangan masalalarni bartaraf etish va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
📌 Maqsad — xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va manzilli yordam ko‘rsatish.