Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🟦 IJTIMOIY REYESR DAGI AYOLLAR — E’TIBOR VA KO‘MAK MARKAZIDA

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M. Kariyev hamda mahalla yettiligi bilan hamkorlikda Komiljon Otaniyozov mahallasida ijtimoiy reyestr ro‘yxatiga kiritilgan xonadonlarda o‘rganish ishlari olib borildi.
🔹 O‘rganish davomida xotin-qizlarning ijtimoiy va maishiy sharoiti, mavjud muammolari hamda ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.
🔹 Aniqlangan muammolarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, ehtiyojmand ayollarni manzilli qo‘llab-quvvatlash va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
🔹 Har bir xonadon bo‘yicha aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish yuzasidan amaliy choralar belgilandi.
📌 Maqsad — ehtiyojmand xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va oilalar farovonligini ta’minlash.