📅 2026-yil 22-sentabr
📄 141-ds-456-26-son
👤 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Dushamov Elyor Shuxrat o‘g‘li tomonidan Xorazm viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i B. Rajabovga deputatlik so‘rovi yuborildi.
🛣 MUAMMO NIMADA?
📍 Shovot tumani hududidan o‘tuvchi 4R159 “Urganch shahri – Shovot shahri – Turkmaniston chegarasi” avtomobil yo‘lining Royat, Guliston va Bo‘ston mahallalari hududidan o‘tuvchi qismlarida piyodalar harakati yuqori.
⚠️ O‘rganishlar davomida ayrim piyodalar o‘tish joylaridagi yo‘l chiziqlari eskirgani yoki deyarli ko‘rinmay qolgani aniqlangan. Bu holat piyodalar, ayniqsa, maktab o‘quvchilari, bolalar va nuroniylar xavfsizligiga ta’sir qilishi mumkin.
📌 DEPUTAT SO‘ROVIDA QUYIDAGILAR SO‘RALDI:
🔹 4R159 avtomobil yo‘lining piyodalar qatnovi yuqori bo‘lgan qismlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish;
🔹 Eskirgan yoki ko‘rinmay qolgan piyodalar o‘tish chiziqlarini yangilash;
🔹 Zarur joylarda piyodalar o‘tish joylarini ko‘rsatuvchi yo‘l belgilarini o‘rnatish yoki mavjudlarini yangilash;
🔹 Amalga oshiriladigan ishlarning aniq muddatlari va mas’ul ijrochilarini belgilash;
🔹 Ko‘rilgan choralar va bajarilgan ishlar yuzasidan Kengash deputatiga yozma ma’lumot taqdim etish.
🛡 ASOSIY MAQSAD:
Piyodalar, ayniqsa maktab o‘quvchilari va mahalla aholisining xavfsiz harakatlanishini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda yo‘l infratuzilmasini tegishli holatda saqlash.