Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

24-BAND IJROSI: KUZ-QISH MAVSUMI TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalasi yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

📍 Kengash raisi B. Ochilov hamda Kengash kotibiyat mudiri F. Xolmuratova tomonidan hududdagi ijtimoiy soha obyektlarining mavsumga tayyorgarlik holati, xususan, maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari va tibbiyot muassasalaridagi isitish tizimlari ko‘zdan kechirildi.

🔎 Jumladan, 47-sonli umumta’lim maktabida:
▪️ isitish tizimlarining texnik holati;
▪️ yoqilg‘i zaxirasining mavjudligi;
▪️ mavsumga tayyorgarlik doirasida bajarilgan ishlar;
▪️ ta’lim oluvchilar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Slide 1 of 5