Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
#haftalik_ish_reja_ijrosi #kunlik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #21_band #162_qonun #doimiy_komissiya_faoliyati #ekspert_guruhi #deputat_faoliyati #kotibiyat_xodimi_faoliyati “Mehrobod” mahallasida jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Termiz shahrida mahallalarda osoyishtalik va xavfsizlikni ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish hamda huquqbuzarliklarga olib keluvchi omillarni barvaqt aniqlash yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar 18-“Mehrobod” saylov okrugi deputati B.Xollozovga biriktirilgan “Mehrobod” mahallasida bo‘lib, “Ma'rifat” mahallasidagi jinoyatchilik holati va uning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida hududda jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Alohida e’tibor “qizil” va “sariq” toifadagi hududlarda jinoyatchilikni barvaqt aniqlash va uning oldini olish, jinoyat sodir etilishiga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan manzilli ishlash hamda mahalla, profilaktika inspektori va tegishli mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish masalalariga qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha hududda jinoyatchilikni kamaytirish, “qizil” va “sariq” hududlarda profilaktik ishlarni kuchaytirish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish hamda aholining tinchligi va xavfsizligini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.