Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
Fuqarolar murojaatlari deputat e’tiborida

Xalq deputatlari Sharof Rashidov tuman Kengashi deputati E.Mirzayeva tomonidan Ziyokor mahallasida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul jarayonida aholi vakillari bilan yuzma-yuz muloqot qilinib, ularning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Jumladan, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, ichki yo‘llarning holatini yaxshilash, hududlarni obodonlashtirish hamda boshqa kommunal masalalar bilan bog‘liq muammolar o‘rganib chiqildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan har bir murojaat mas’ullar ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Murojaatlarni vakolatli mutasaddi tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ularning ijrosini deputatlik nazorati asosida kuzatib borish ko‘zda tutildi.

Slide 1 of 1