Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
“Kunchiqish” mahallasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi
“Kunchiqish” mahallasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Eshmuratov Abdulxakim Xushbokovich tomonidan Qiziriq tumanining “Kunchiqish” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-son qarori asosida “Taraqqiyot va yetakchilik maskani” dasturi doirasida amalga oshirilgan ishlar o‘rganildi.

Mazkur dastur doirasida hududni zarur infratuzilma bilan ta’minlash maqsadida qator ishlar amalga oshirilgan. Jumladan:
⏺ 1,5 kilometr piyodalar va veloyo‘laklar barpo etilgan;
⏺ 1 kilometr lotok o‘rnatilgan;
⏺ 380 bog‘ atrofi temir panjara bilan o‘ralgan;
⏺ 302 dona, jumladan, quyosh panellari bilan jihozlangan tungi yoritish chiroqlari o‘rnatilgan;
⏺ hududda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilgan;
⏺ 50 dona o‘rindiq (skameyka) o‘rnatilgan.

Shuningdek, “Kunchiqish” mahallasining yangi binosi hamda 41-son oilaviy poliklinikada yaratilgan shart-sharoitlar va muassasalarning ish faoliyati o‘rganildi. Mas’ullar bilan suhbat o‘tkazilib, mavjud muammo va kamchiliklar yuzasidan takliflar olindi.

Bundan tashqari, uzoq yillardan buyon qarovsiz holatda qolgan “Yolg‘iz askar” haykalini qayta ta’mirlash va uning atrofini obodonlashtirish ishlari ham ko‘zdan kechirildi.

Mazkur jarayonda xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Boyqulov, Qiziriq tumani hokimi Sh.Allamurotov, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev, tuman Kengashi deputatlari, mahalla va ijtimoiy soha mas’ullari hamda tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

O‘rganish yakunida hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish, yaratilgan infratuzilmani yanada rivojlantirish va aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram
Slide 1 of 8