Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
“YANGI O‘ZBEKISTON QIYOFASI” — OBODLIK VA QULAYLIK AMALDA

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati G. Raimova tomonidan Sarmich mahallasida “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi loyihasi asosida qurilayotgan piyodalar yo‘lagining qurilish holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish davomida piyodalar yo‘lagini barpo etish ishlari, qurilish jarayonining borishi, yo‘lakning belgilangan hudud bo‘ylab qurilishi hamda aholi uchun xavfsiz va qulay harakatlanish sharoitlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, qurilish ishlarining sifati, hududni tayyorlash, yo‘lakning mustahkamligi va obodonlashtirish ishlari bilan uyg‘unligini ta’minlash holati ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyiha mahalla infratuzilmasini yaxshilash, piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash va aholi uchun yanada qulay yashash muhitini yaratishga qaratilgani qayd etildi.

O‘rganish yakunida qurilish ishlarini sifatli davom ettirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda piyodalar yo‘lagini belgilangan talablar asosida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3