Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
BEPUL DORI VOSITALARI BILAN TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI

🏥 Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, fuqarolarning dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida qoplash hamda belgilangan tartibda bepul dori-darmonlar bilan ta’minlanishini nazorat qilish muhim vazifalardan biridir.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 12-“O‘choq” saylov okrugidan saylangan deputat Xikmatova Marxabo Sulxonberdi qizi tomonidan jamoatchilik nazorati doirasida “Bo‘ston” MFY hududidagi Oilaviy shifokorlik punktida aholining bepul dori vositalari bilan ta’minlanish holati o‘rganildi.
🟢 O‘rganish davomida Oilaviy shifokorlik punktida fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatish jarayoni, bepul dori vositalaridan foydalanish imkoniyatlari hamda aholining ushbu yo‘nalishdagi murojaatlari va ehtiyojlariga e’tibor qaratildi.
🟢 Shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini belgilangan tartibda dori vositalari bilan ta’minlash, dori-darmonlarning mavjudligi va ulardan fuqarolarning foydalanish imkoniyatlarini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor berildi.
🟢 Jamoatchilik nazoratining asosiy maqsadi — aholining qonuniy huquq va manfaatlari amalda ta’minlanishiga ko‘maklashishdir.
🟢 Dori vositalari bilan ta’minlash masalasi, ayniqsa, doimiy davolanishga ehtiyoji bo‘lgan fuqarolar, keksalar, bolalar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
🟢 Deputat tomonidan o‘rganish jarayonida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish va dori vositalari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan vazifalarga e’tibor qaratildi.
✅ Aholi salomatligi — doimo e’tiborda!
Sifatli tibbiy xizmat va zarur dori vositalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash, fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish hamda mavjud muammolarni joyida aniqlash deputatlik va jamoatchilik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3