Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
YOSH TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT

YOSH TADBIRKORLAR BILAN OCHIQ MULOQOT
Payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Do‘stlik tumanida tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan, o‘z biznesini kengaytirishni rejalashtirayotgan hamda faoliyati davomida turli qiyinchiliklarga duch kelayotgan yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda Do‘stlik tumani hokimi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Shavkat Darvishev, Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi boshlig‘i M. Ibragimov, Milliy bank viloyat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari F. Nizomov, Aloqabank viloyat bo‘limi boshqaruvchisi Sh. Meliyev hamda tumandagi 100 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi.

Muloqotda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, ularning biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi loyihalarni amalga oshirish uchun moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.

Ayniqsa, tadbirkorlik faoliyatini endi boshlamoqchi bo‘lgan yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, mavjud biznesini kengaytirish istagidagi tadbirkorlarning moliyaviy ehtiyojlarini o‘rganish, kredit va bank xizmatlaridan foydalanish jarayonida uchrayotgan masalalarni muhokama qilishga alohida ahamiyat berildi.

Ochiq muloqot davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirayotgan savollar, taklif va muammolarini bevosita mutasaddilarga yetkazdilar. Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ullarga vazifalar belgilandi.

Ta’kidlanganidek, yoshlarning yangi g‘oya va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishga qulay sharoit yaratish orqali yangi ish o‘rinlari va barqaror daromad manbalarini ko‘paytirish muhim vazifalardan biridir.

Slide 1 of 4