Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
MAHALLA INSTITUTI FAOLIYATI — DOIMIY KOMISSIYA NAZORATIDA
янв.21
XONCHORBOG‘ MAHALLASIDA “YANGI O‘ZBEKISTON” QIYOFASI: QURILISH ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
SЕSSIYA OLDIDAN HUDUDDA O‘RGANISH: MAKTABNING QISHKI MAVSUMGA TAYYORGARLIGI NAZORATDA
янв.21
PREZIDENT VIRTUAL VA XALQ QABULXONALARIGA KELIB TUSHAYOTGAN MUROJAATLAR — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
AHOLI MUROJAATI O‘RGANILDI: 4 KM YO‘LNI SHAG‘ALLASHTIRISH MASALASI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA VA BIRIKTIRILGAN TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
SHIFOXONADAGI SHART-SHAROITLAR DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
YOSHLAR MASLAHATI GURUHI A’ZOSIGA METODIK KO‘RSATMALAR BERILDI
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI DOIMIY KOMISSIYADA KO‘RIB CHIQILDI
янв.21
10-BAND IJROSI: SAVDO MARKAZIDAGI NARX-NAVO O‘RGANILDI
Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati samaradorligi holati o‘rganildi

Mahalla ijtimoiy xodimi faoliyati samaradorligi holati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati G'.Sadikovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini o‘rganish doirasida Kim Pen Xva MFY ijtimoiy xodimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

🔷O‘rganish “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

🔷Jarayonda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar hamda boquvchisini yo‘qotgan fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar, ijtimoiy nafaqa va yordamlarni rasmiylashtirish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik holati tahlil qilindi.

🔷Shuningdek, mahallada ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularga manzilli amaliy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada oshirish va mahalla yettiligi bilan hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3