O‘QUVCHILAR BILAN AXBOROT XAVFSIZLIGI VA MEDIA SAVODXONLIK BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M. Pardayev tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-oktabrdagi 848-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 82-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
📚 Uchrashuv davomida o‘quvchilarga bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish, internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, turli axborotlarni tanqidiy baholash hamda media savodxonlik ko‘nikmalarini shakllantirish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
🔎 Shuningdek, o‘quvchilarning internetdagi axborotlarni qabul qilish madaniyati, zararli va ishonchsiz kontentni farqlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish hamda axborot xavfsizligi qoidalariga rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.