35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
24-BAND IJROSI: 28-SONLI MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
BOLALARNI ZARARLI AXBOROTDAN HIMOYA QILISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
DEPUTAT TASHABBUSI BILAN AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
янв.21
MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DAVLAT XIZMATLARI SOHASIDA HAMKORLIK VA NAZORAT
янв.21
10-BAND IJROSI: AHOLI UCHUN ZARUR MAHSULOTLAR NARXI O‘RGANILDI
янв.21
17-BAND IJROSI: YANGIOBOD MAHALLASIDAGI MUAMMO O‘RGANILDI
янв.21
20 -BAND IJROSI: Doimiy komissiya va hamkor tashkilotlar bilan hamkorlik ishlari davom etmoqda
янв.21
O‘QUVCHILAR BILAN AXBOROT XAVFSIZLIGI VA MEDIA SAVODXONLIK BO‘YICHA SUHBAT O‘TKAZILDI
янв.21
HUDUDDAGI MASALALAR — HAMKORLIKDA O‘RGANILMOQDA
VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASH AMALIYOTI O‘RGANILDI

VOYAGA YETMAGANLAR BILAN ISHLASH AMALIYOTI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashini Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan Inson ijtimoiy xizmatlar markazida voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat tarbiyachilarini biriktirish amaliyoti o‘rganildi.
O‘rganish davomida voyaga yetmaganlar bilan individual ishlash, ularning ijtimoiy muammolarini aniqlash, oilaviy muhitini o‘rganish, jamoat tarbiyachilarini biriktirish hamda tarbiyaviy-profilaktik ishlarni tashkil etish holatiga e’tibor qaratildi.
Voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishda Inson ijtimoiy xizmatlar markazi, mahalla va boshqa mas’ul tashkilotlar hamkorligi masalalari ko‘rib chiqildi.
Mazkur o‘rganishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 339-son qarori talablari ijrosini ta’minlashga qaratilgan.