35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

34-SESSIYA: KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALASI KO‘RIB CHIQILMOQDA

 34-SESSIYA: KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALASI KO‘RIB CHIQILMOQDA
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining 34-sessiyasi kun tartibidagi birinchi masala — tumanda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, xususan, ijtimoiy soha obyektlaridagi isitish tizimlari va mavsumni betalofat o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobot tinglanmoqda.
🎙 Mazkur masala yuzasidan tuman hokimining o‘rinbosari Daniyarov Sherali Abdualimovichning hisoboti eshitilmoqda.
Hisobotda maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari va tibbiyot muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, isitish tizimlarining holati, yoqilg‘i zaxiralari hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar haqida ma’lumot berilmoqda.
📌 Masala deputatlar tomonidan muhokama qilinib, mavsumni betalofat va barqaror o‘tkazish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilanadi.