34-SESSIYA: KUN TARTIBI VA ISH TARTIBI TASDIQLANDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi 34-sessiyasi kun tartibiga 7 ta masala kiritilgan.
Sessiya davomida har bir ma’ruza uchun 10 daqiqa, so‘zga chiquvchilar uchun esa 5 daqiqa vaqt ajratilishi, sessiya ishini tanaffussiz, 1 soat atrofida yakunlash taklif etildi.
📌 Sessiyaning kun tartibi va ish tartibi deputatlar tomonidan ovozga qo‘yildi.
✅ Taklif bir ovozdan ma’qullanib, sessiyaning kun tartibi va ish tartibi tasdiqlandi.