35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY OBYEKTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA SARI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA ISHLAR BOSHLANDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI YUZASIDAN QAROR ISHLAB CHIQILDI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DЕPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
PAXTAChI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYaTI O‘RGANILDI
янв.21
NARX-NAVO VA XARIDORLARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi bilan yaqin muloqot — e’tibor va g‘amxo‘rlik timsoli
янв.21
MA’NAVIY-MA’RIFIY SOAT — JAMOA HAMJIHATLIGI VA MA’NAVIY YUKSALISH OMILI
янв.21
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING ELЕKTR TA’MINOTI — DЕPUTATLAR NAZORATIDA
YUKSAK NATIJA — KASBIY MAS’ULIYAT VA HALOLLIK MEZONI!

#deputatlik_faoliyati #doimiy_komissiya_Uchtepa #Korrupsiyaga_qarshi_kurash

YUKSAK NATIJA — KASBIY MAS’ULIYAT VA HALOLLIK MEZONI!

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash, huquqiy va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi Abdushukurov Abdurashid Abduraximovich korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim natijaga erishdi.

🫥 2026-yil avgust oyida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tomonidan tashkil etilgan “Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish” mavzusidagi 24 soatlik maxsus huquqiylashtirilgan o‘quv kursida muvaffaqiyatli ishtirok etib, 97,33 ball — “a’lo” baho bilan tamomladi.

💹 Mazkur natija nafaqat yuqori bilim va professional tayyorgarlik, balki korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabat, qonun ustuvorligi va davlat boshqaruvida ochiqlik hamda shaffoflik tamoyillariga sodiqlikning amaliy ifodasidir.

⚖️ Bugungi kunda deputatlik faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat organlari faoliyatida ochiqlikni kuchaytirish hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish muhim vazifalardan biridir.

💬 97,33 ballik natija — bilimning raqamdagi ifodasi. Ammo uning ortida mas’uliyat, izlanish va xalq manfaatlariga sadoqat mujassam.

Slide 1 of 2