35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY OBYEKTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA SARI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA ISHLAR BOSHLANDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI YUZASIDAN QAROR ISHLAB CHIQILDI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DЕPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
PAXTAChI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYaTI O‘RGANILDI
янв.21
Aholi bilan yaqin muloqot — e’tibor va g‘amxo‘rlik timsoli
янв.21
NARX-NAVO VA XARIDORLARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
MA’NAVIY-MA’RIFIY SOAT — JAMOA HAMJIHATLIGI VA MA’NAVIY YUKSALISH OMILI
янв.21
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING ELЕKTR TA’MINOTI — DЕPUTATLAR NAZORATIDA
Investitsiya loyihalari o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisining topshirig‘iga muvofiq, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Aymbetov “Ekspert guruhi” a’zosi hamda tuman Investitsiya bo‘limi bosh mutaxassisi S.Masharipov bilan birgalikda tumandagi investitsiya loyihalarining amaldagi holatini joyiga chiqqan holda o‘rganishni davom ettirmoqda.

📍 Navbatdagi manzil “Gold Sendvich MChJ” sendvich panellar va qurilish uchun penoplast ishlab chiqarish korxonasi bo‘ldi. O‘rganish davomida korxonaning ishlab chiqarish faoliyati va mavjud imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi.

💰 Korxonaga 220 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritilgani, bugungi kunda faoliyati davom etayotgani hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bilan qurilish bozori ta’minlab kelinayotgani qayd etildi.

📈 Mazkur loyiha tumanda ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, mahalliy mahsulotlar ulushini kengaytirish va investitsiyalardan samarali foydalanishga xizmat qilmoqda.

📑 O‘rganishlar yakuni bo‘yicha tegishli ma’lumotlar umumlashtirilib, Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisiga taqdim etiladi.

Slide 1 of 3