Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 19-Mingchinor saylov okrugidan saylangan deputati S.Abdug‘aniyev tomonidan saylov okrugi hududidagi Namuna mahallasida Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov bilan birgalikda hududni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalar, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarining ijrosi o‘rganildi.
O‘rganish davomida belgilangan dastur va loyihalarning ijrosi, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, yashil hududlarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda belgilangan tadbirlarning sifatli va samarali bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)