Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududda yangi qurib bitkazilgan 29-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida yangi binoning qurilish sifati, ichki va tashqi holati, xonalar, sanitariya-gigiyena sharoitlari,zarur jihozlar bilan ta’minlanish holati ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkilotini foydalanishga topshirish uchun yaratilgan sharoitlar, bolalar uchun xavfsiz hamda qulay muhitni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur yangi bog‘chaning foydalanishga topshirilishi hududdagi maktabgacha ta’lim xizmatlari sifatini oshirish va bolalar uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.