35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY OBYEKTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA SARI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA ISHLAR BOSHLANDI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DЕPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI YUZASIDAN QAROR ISHLAB CHIQILDI
янв.21
PAXTAChI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYaTI O‘RGANILDI
янв.21
Aholi bilan yaqin muloqot — e’tibor va g‘amxo‘rlik timsoli
янв.21
NARX-NAVO VA XARIDORLARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
MA’NAVIY-MA’RIFIY SOAT — JAMOA HAMJIHATLIGI VA MA’NAVIY YUKSALISH OMILI
янв.21
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING ELЕKTR TA’MINOTI — DЕPUTATLAR NAZORATIDA
Yoshlar bilan giyohvandlikka qarshi kurashish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojieva tomonidan o‘zining saylov okrugi hududida joylashgan “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan giyohvandlikning oldini olish va unga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlik va uning salbiy oqibatlaridan yoshlarni asrash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni foydali mashg‘ulotlarga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, giyohvandlikka qarshi kurashishda oila, mahalla, ta’lim muassasalari va jamoatchilikning hamkorligi muhim ekani ta’kidlandi. Yoshlarni turli zararli illatlardan himoya qilish, ularning huquqiy va ijtimoiy xabardorligini oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Samimiy muloqot davomida yoshlarning fikr va takliflari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ham suhbat olib borildi.

Uchrashuv yakunida yoshlarni sog‘lom va faol hayot tarziga yo‘naltirish, ularning kelajagi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish hamda giyohvandlikning oldini olish borasidagi targ‘ibot-tushuntirish ishlarini yanada kuchaytirish lozimligi qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4