35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY OBYEKTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA SARI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA ISHLAR BOSHLANDI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DЕPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI YUZASIDAN QAROR ISHLAB CHIQILDI
янв.21
PAXTAChI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYaTI O‘RGANILDI
янв.21
NARX-NAVO VA XARIDORLARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi bilan yaqin muloqot — e’tibor va g‘amxo‘rlik timsoli
янв.21
MA’NAVIY-MA’RIFIY SOAT — JAMOA HAMJIHATLIGI VA MA’NAVIY YUKSALISH OMILI
янв.21
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING ELЕKTR TA’MINOTI — DЕPUTATLAR NAZORATIDA
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati M.Ergashev tomonidan 2026-yil 21-avgust kuni Zafarobod oilaviy shifokorlik punkti faoliyatidagi mavjud muammolar, xususan, muassasani shifokorlar bilan ta’minlash, laboratoriya faoliyatini yaxshilash hamda isitish tizimining holati yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.

🔹Mazkur deputat so‘rovi yuzasidan tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilib, ko‘tarilgan masalalarni ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli amaliy choralar ko‘rildi.

🔹Jumladan, Zafarobod oilaviy shifokorlik punkti uchun shifokor mutaxassisliklari bo‘yicha vakansiyalar berildi. Yangi mutaxassislar ishga qabul qilingunga qadar hudud aholisiga tibbiy xizmat ko‘rsatish ko‘p tarmoqli markaziy poliklinika shifokorlari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi.

🔹Ayol-qizlar va homilador ayollarga tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida 7-sonli oilaviy poliklinika akusher-ginekologi Komilova Moxinur biriktirildi.

🔹Shuningdek, laboratoriya bo‘limidagi mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida ishchi guruh tuzilib, muassasadagi mavjud tibbiy jihozlarning texnik holati o‘rganilmoqda. Ta’mirlash talab etiladigan uskunalarni ta’mirlash yoki zaruratga ko‘ra yangisiga almashtirish choralari ko‘riladi.

🔹Isitish tizimi bo‘yicha esa 2025–2026-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida muassasaning isitish tarmog‘i qayta tortilgan bo‘lib, o‘tgan qish mavsumida issiqlik ta’minoti bilan bog‘liq muammolar kuzatilmagan. Hozirda isitish tizimi mavsumga tayyor holatga keltirilib, DXSH tashkiloti tomonidan yuvish va chayish ishlari amalga oshirildi.

Slide 1 of 1