35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY OBYEKTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA SARI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA ISHLAR BOSHLANDI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DЕPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI YUZASIDAN QAROR ISHLAB CHIQILDI
янв.21
PAXTAChI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYaTI O‘RGANILDI
янв.21
Aholi bilan yaqin muloqot — e’tibor va g‘amxo‘rlik timsoli
янв.21
NARX-NAVO VA XARIDORLARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
MA’NAVIY-MA’RIFIY SOAT — JAMOA HAMJIHATLIGI VA MA’NAVIY YUKSALISH OMILI
янв.21
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING ELЕKTR TA’MINOTI — DЕPUTATLAR NAZORATIDA
Aholining jamoaviy murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslar murojaati to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq tumanning “S.Raximov” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning jamoaviy murojaati xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi raisi O.Babayev, deputat M.Ashurov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

🟢Murojaatda fuqarolar tomonidan hududda chiqindi tashish xizmati belgilangan tartibda yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa-da, tasdiqlangan grafikka har doim ham rioya etilmayotgani, natijada chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmay, to‘planib qolishi yuzasidan norozilik bildirilgan.

🟢Deputatlar joyiga chiqqan holda vaziyatni o‘rganib, aholi vakillari bilan muloqot qildilar. Suhbat davomida fuqarolarning chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, xizmat ko‘rsatish sifati va belgilangan grafikka amal qilinishi bilan bog‘liq fikr va e’tirozlari tinglandi.

🟢Murojaat yuzasidan chiqindi tashish xizmati ko‘rsatuvchi “Rahnamo Servis” MChJ mas’uli bilan ham muloqot o‘tkazilib, aholining e’tirozlari va mavjud holat yuzasidan fikr almashildi. Korxona mas’uli tomonidan xizmat ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish, tasdiqlangan grafik asosida chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish va xizmat sifatini yaxshilash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi bildirildi.

🟢Korxona mas’ullariga belgilangan grafikka qat’iy amal qilish, maxsus transport vositalarining mahallalarga o‘z vaqtida chiqishini ta’minlash, chiqindilarning to‘planib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4