35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY OBYEKTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA SARI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA ISHLAR BOSHLANDI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DЕPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI YUZASIDAN QAROR ISHLAB CHIQILDI
янв.21
PAXTAChI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYaTI O‘RGANILDI
янв.21
Aholi bilan yaqin muloqot — e’tibor va g‘amxo‘rlik timsoli
янв.21
NARX-NAVO VA XARIDORLARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
MA’NAVIY-MA’RIFIY SOAT — JAMOA HAMJIHATLIGI VA MA’NAVIY YUKSALISH OMILI
янв.21
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING ELЕKTR TA’MINOTI — DЕPUTATLAR NAZORATIDA
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “6-Yangihayot” saylov okrugidan saylangan deputat- Safarov Atam
Xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashining “6-Yangihayot” saylov okrugidan saylangan deputat- Safarov Atam

 Milliy bayramlar va an’analarni saqlash hamda yoshlar tarbiyasidagi o‘rni
Bugungi kunda milliy bayramlarimiz va qadimiy an’analarimizni asrab-avaylash, ularni yosh avlodga yetkazish muhim vazifalardan biridir. Chunki millatning tarixi, ma’naviyati va milliy o‘zligi, avvalo, uning urf-odatlari, qadriyatlari va bayramlarida namoyon bo‘ladi. 
Ayniqsa, bu yil yurtimiz hayotida muhim sana — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi. 35 yillik mustaqil taraqqiyot davri bizga milliy qadriyatlarimizni tiklash, unutilgan an’analarimizni qayta jonlantirish va ularni yangi avlodga munosib yetkazish imkonini berdi.
Navro‘z, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehmondo‘stlik, saxovat va hamjihatlik kabi an’analarimiz yoshlarni vatanparvarlik, insonparvarlik va milliy g‘urur ruhida tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega. 
Milliy bayramlar — bu shunchaki tantana emas. Ular yoshlarga «Biz kimmiz? Qanday buyuk tarix va qadriyatlarning vorisimiz?» degan savollarga javob beradi. O‘zligini anglagan yosh esa Vatanini qadrlaydi, uning kelajagi uchun mas’uliyat his qiladi. 
Shunday ekan, Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib nishonlar ekanmiz, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizni asrashni har birimiz o‘z burchimiz deb bilishimiz zarur.
 Zero, milliy qadriyatlarimiz — kechagi merosimiz, bugungi g‘ururimiz va ertangi avlodimizga qoldiradigan ma’naviy boyligimizdir!
Slide 1 of 1