35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY OBYEKTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA SARI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA ISHLAR BOSHLANDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI YUZASIDAN QAROR ISHLAB CHIQILDI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DЕPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
PAXTAChI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYaTI O‘RGANILDI
янв.21
NARX-NAVO VA XARIDORLARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi bilan yaqin muloqot — e’tibor va g‘amxo‘rlik timsoli
янв.21
MA’NAVIY-MA’RIFIY SOAT — JAMOA HAMJIHATLIGI VA MA’NAVIY YUKSALISH OMILI
янв.21
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING ELЕKTR TA’MINOTI — DЕPUTATLAR NAZORATIDA
Navro‘z MFYda yangi uy-joylar bunyodkorligi boshlandi

Navro‘z MFYda yangi uy-joylar bunyodkorligi boshlandi

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashining 13-“Mehnatobod” saylov okrugi deputati N. Ilmurodova saylangan Navro‘z MFY hududida barpo etilayotgan yangi ko‘p qavatli uy-joylar qurilishi bilan tanishildi.

O‘rganish davomida tuman Kengashi mudiri A.Avliyakulov hamda Navro‘z MFY raisi bilan birgalikda hududdagi qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi. Qurilish maydonida olib borilayotgan dastlabki ishlar, hududni tayyorlash jarayoni hamda kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bunyodkorlik ishlari haqida ma’lumotlar olindi.

Yangi ko‘p qavatli uylarning barpo etilishi hududning qiyofasini yanada zamonaviylashtirish bilan birga, aholi uchun zamonaviy va qulay uy-joy sharoitlarini yaratish imkonini beradi.

Shuningdek, qurilish bilan bir qatorda hududda ichki yo‘llar, obodonlashtirish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari va ijtimoiy infratuzilma masalalarini uyg‘un ravishda tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.