35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY OBYEKTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA SARI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA ISHLAR BOSHLANDI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DЕPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI YUZASIDAN QAROR ISHLAB CHIQILDI
янв.21
PAXTAChI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYaTI O‘RGANILDI
янв.21
Aholi bilan yaqin muloqot — e’tibor va g‘amxo‘rlik timsoli
янв.21
NARX-NAVO VA XARIDORLARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
MA’NAVIY-MA’RIFIY SOAT — JAMOA HAMJIHATLIGI VA MA’NAVIY YUKSALISH OMILI
янв.21
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING ELЕKTR TA’MINOTI — DЕPUTATLAR NAZORATIDA
YUKSAK E’TIROF


Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yillik bayrami arafasida yurtimiz hayotida ushbu ulug‘ sana munosib nishonlanmoqda. Ayni shu qutlug‘ kunlar oldidan Yangi O‘zbekistonni barpo etish, inson qadrini ulug‘lash, jamiyatimizda tinchlik va totuvlikni mustahkamlash yo‘lida fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz yuksak e’tirof etildi.

Davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan tegishli Farmonga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib, o‘z mehnati, tashabbusi va faolligi bilan el-yurt ravnaqiga xizmat qilib kelayotgan fuqarolar “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35-yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandilar.

Quvonarlisi, mazkur yuksak e’tirofga Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari ham sazovor bo‘ldilar.

Ushbu mukofot — deputatlarning saylovchilar ishonchini oqlash, xalq manfaatlarini himoya qilish, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etish borasidagi mehnatiga berilgan munosib bahodir.

Bunday yuksak e’tirof deputatlar zimmasiga yanada katta mas’uliyat yuklaydi. Zero, xalq vakili uchun eng oliy maqsad — el ishonchini oqlash, aholi murojaatlariga yechim topish va yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shishdir.

Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasidagi ushbu quvonchli voqea barcha marg‘ilonliklar uchun ham faxrli va unutilmas voqeadir.

Yuksak e’tirofga sazovor bo‘lgan deputatlarimizni ushbu sharafli mukofot bilan samimiy muborakbod etamiz!

Yangi O‘zbekistonning taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Slide 1 of 10