35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
IJTIMOIY OBYEKTLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI — AMALIY NATIJA SARI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH BO‘YICHA ISHLAR BOSHLANDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA ICHKI YO‘LLAR HOLATI YUZASIDAN QAROR ISHLAB CHIQILDI
янв.21
TOMORQA YERLARIDAN SAMARALI FOYDALANISH — DЕPUTATLAR E’TIBORIDA
янв.21
PAXTAChI MAHALLASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYaTI O‘RGANILDI
янв.21
NARX-NAVO VA XARIDORLARGA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
Aholi bilan yaqin muloqot — e’tibor va g‘amxo‘rlik timsoli
янв.21
MA’NAVIY-MA’RIFIY SOAT — JAMOA HAMJIHATLIGI VA MA’NAVIY YUKSALISH OMILI
янв.21
TADBIRKORLIK SUBYEKTLARINING ELЕKTR TA’MINOTI — DЕPUTATLAR NAZORATIDA
#munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi — xalqimizning ozod va erkin hayot yo‘lidagi tarixiy tanlovini, milliy g‘urur va iftixorini o‘zida mujassam etgan ulug‘ va qutlug‘ bayramdir.
🌏Mustaqillik bizga, avvalo, o‘z taqdirimizni o‘zimiz belgilash, milliy qadriyatlarimiz, ona tilimiz, tariximiz va boy ma’naviy merosimizni asrab-avaylash hamda kelajak avlod uchun munosib shart-sharoitlar yaratish imkonini berdi. O‘tgan yillar davomida mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, xalqimiz farovonligini yuksaltirish yo‘lida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari olib borildi.
🌏Bugun Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida inson qadri, xalq manfaatlari va adolat tamoyillari ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, aholi turmush farovonligini oshirish, ta’lim, tibbiyot, tadbirkorlik va mahallalarni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar yurtimizda yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda.
🌏Deputat sifatida men uchun Mustaqillik — shunchaki bayram sanasi emas, balki xalqimiz oldidagi ulkan mas’uliyat va daxldorlik tuyg‘usidir. Saylovchilar ishonchini oqlash, ularning murojaat va muammolarini tinglash, hududimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish — Vatanga xizmat qilishning eng muhim mezonlaridan biridir.
🌏Zero, mustaqillikni asrash va uning qadriga yetish har birimizning muqaddas burchimizdir. Yurtimiz tinchligi, xalqimiz birdamligi va farzandlarimizning porloq kelajagi yo‘lida hamjihatlik bilan harakat qilsak, Yangi O‘zbekistonning ulkan marralarini albatta zabt etamiz.

🌏Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon va kelajagimiz yanada porloq bo‘lsin!

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati S.Qaxxorov