“Yangi O‘zbekiston” qiyofasini yaratish borasidagi ishlar deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha Tavsiyalarning 22-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida deputat D. Jabborova tomonidan Xonchorbog‘ mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-298-son qarori asosida drayver loyiha sifatida “Yangi O‘zbekiston” qiyofasi joriy etilayotgan Xonchorbog‘ MFYda amalga oshirilayotgan ishlar va ajratilgan mablag‘larning maqsadli yo‘naltirilishi masalalariga e’tibor qaratildi.