35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#19_1_modda Garovsiz kredit ajratilishi bo‘yicha deputatlik o‘rganishi yo‘lga qo‘yildi
янв.21
#doimiy_komissiya Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#DK_qarori Mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#okrugda_o'rganish Sessiyaoldi o‘rganish: maktabdagi ta’lim sharoitlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
#kotibiyat Qarshiobod mahallasida “yettilik” faoliyati o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda Deputatlik nazorati: uy-joy qurilishi uchun garovsiz kreditlar o‘rganilmoqda
янв.21
Hamkorlik va deputatlik nazorati davom etmoqda
янв.21
13-BAND IJROSI: Boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
17-BAND IJROSI: Po‘latchi mahallasidagi holat o‘rganildi
янв.21
15-BAND IJROSI:Yoshlar bog‘idagi holat o‘rganildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi Sirdaryo viloyati boshqarmasi Boyovut tumani bo‘limi faoliyati tuman deputatlari X.Berdiyarova, X.Jo‘raxolov hamda X.Shayimovalar tomonidan o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida bo‘lim tomonidan tumanda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish hamda fuqarolarning ekologik savodxonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda tabiatga ehtiyotkorona munosabatni shakllantirish hamda fuqarolarning ekologik bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilayotgani aniqlandi.

Shuningdek, ekologik madaniyatni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar aholining turli qatlamlari, yoshlar, o‘quvchi va talabalar, mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida tashkil etilayotgani o‘rganildi. Jumladan, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekologik aksiyalar va targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishga, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘rganish davomida har oyda “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida turli aksiyalar va targ‘ibot tadbirlari tashkil etilishi, ularda fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash orqali hududlarda sanitariya-obodonlashtirish holatini yaxshilashga qaratilgan ishlar olib borilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Bundan tashqari, ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish va aniqlangan holatlarga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda choralar ko‘rish bo‘yicha ekologik nazorat ishlari amalga oshirilayotgani o‘rganildi. Xususan, daraxt va butalarni noqonuniy shikastlantirish yoki yo‘q qilish, qurilish jarayonlarida ekologik talablarga rioya etmaslik, atmosfera havosini ifloslantirish hamda yovvoyi hayvonlarni belgilangan talablarga zid ravishda saqlash bilan bog‘liq holatlarga nisbatan tegishli choralar ko‘rilishi belgilangan tartibda amalga oshirilayotgani aniqlandi.

O‘rganish jarayonida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida davlat organlari, mahallalar, ta’lim muassasalari, yoshlar tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlikni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ham ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, aholining ekologik madaniyatini yanada yuksaltirish, ekologik targ‘ibot ishlarining manzilliligini oshirish, yoshlar o‘rtasida tabiatga mehr va mas’uliyatli munosabatni shakllantirish hamda ekologik huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurati mavjudligi qayd etildi.

Umuman olganda, o‘rganishlar davomida Boyovut tumani bo‘limi tomonidan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish hamda ekologik huquqbuzarliklarning profilaktikasini ta’minlash yo‘nalishida muayyan ishlar amalga oshirib kelinayotgani aniqlandi.

Shu bilan birga, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ekologik targ‘ibot va nazorat tadbirlarining qamrovini kengaytirish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralarni kuchaytirish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi.

Slide 1 of 6