35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#19_1_modda Garovsiz kredit ajratilishi bo‘yicha deputatlik o‘rganishi yo‘lga qo‘yildi
янв.21
#doimiy_komissiya Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#DK_qarori Mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#okrugda_o'rganish Sessiyaoldi o‘rganish: maktabdagi ta’lim sharoitlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
#kotibiyat Qarshiobod mahallasida “yettilik” faoliyati o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda Deputatlik nazorati: uy-joy qurilishi uchun garovsiz kreditlar o‘rganilmoqda
янв.21
Hamkorlik va deputatlik nazorati davom etmoqda
янв.21
13-BAND IJROSI: Boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
17-BAND IJROSI: Po‘latchi mahallasidagi holat o‘rganildi
янв.21
15-BAND IJROSI:Yoshlar bog‘idagi holat o‘rganildi
#DK_qarori Mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi

#DK_qarori Mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Pastdarg‘om tuman mahalliy budjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish masalasi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Kun tartibidagi masala yuzasidan Pastdarg‘om tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari U. Maxmanazarovning hisoboti eshitildi.
Muhokama davomida tumanning ikkinchi hisobot choragi yakunlari bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlarining oshirib bajarilishi, shuningdek, elektron savdo maydonchalarida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotish, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarning ijara huquqini elektron onlayn auksion orqali sotish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berishdan tushgan mablag‘lardan foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.
Doimiy komissiya tomonidan mablag‘larni belgilangan tartibda, maqsadli va samarali yo‘naltirish, ajratilgan mablag‘lardan foydalanishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.
Shuningdek, ishchi guruh tavsiyalari, deputatlar tomonidan berilgan savollar, bildirilgan fikr va takliflar hamda aniqlangan kamchiliklar inobatga olinib, mazkur masalani xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Yig‘ilish yakunida hisobot “qoniqarli” deb topildi.
Qaror deputatlar tomonidan 6 ovoz bilan yoqlab, qarshi va betaraf ovozlar bo‘lmagan holda qabul qilindi.
Mahalliy budjet mablag‘laridan samarali foydalanish — hudud taraqqiyoti va aholi manfaatlariga xizmat qiladi.