35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#19_1_modda Garovsiz kredit ajratilishi bo‘yicha deputatlik o‘rganishi yo‘lga qo‘yildi
янв.21
#doimiy_komissiya Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#DK_qarori Mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#okrugda_o'rganish Sessiyaoldi o‘rganish: maktabdagi ta’lim sharoitlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
#kotibiyat Qarshiobod mahallasida “yettilik” faoliyati o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda Deputatlik nazorati: uy-joy qurilishi uchun garovsiz kreditlar o‘rganilmoqda
янв.21
Hamkorlik va deputatlik nazorati davom etmoqda
янв.21
13-BAND IJROSI: Boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
17-BAND IJROSI: Po‘latchi mahallasidagi holat o‘rganildi
янв.21
15-BAND IJROSI:Yoshlar bog‘idagi holat o‘rganildi
#Mahalla_yettiligi_faoliyatidan #Deputatlik_nazorati

Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvot Tadjimurodovich tomonidan hududdagi mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaat va muammolarini o‘rganish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka yo‘naltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, xotin-qizlarning muammolarini “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda manzilli hal etish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va murojaatlar ijrosini nazorat qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur o‘rganishda Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi kotibiyati mudiri Yarmatov Muhiddin Nurxonovich ham ishtirok etdi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish hamda xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2