35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#19_1_modda Garovsiz kredit ajratilishi bo‘yicha deputatlik o‘rganishi yo‘lga qo‘yildi
янв.21
#doimiy_komissiya Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#DK_qarori Mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#okrugda_o'rganish Sessiyaoldi o‘rganish: maktabdagi ta’lim sharoitlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
#kotibiyat Qarshiobod mahallasida “yettilik” faoliyati o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda Deputatlik nazorati: uy-joy qurilishi uchun garovsiz kreditlar o‘rganilmoqda
янв.21
Hamkorlik va deputatlik nazorati davom etmoqda
янв.21
13-BAND IJROSI: Boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
17-BAND IJROSI: Po‘latchi mahallasidagi holat o‘rganildi
янв.21
15-BAND IJROSI:Yoshlar bog‘idagi holat o‘rganildi
43-maktabda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi


Xalq deputatlari viloyat Kengashi kotibiyati mudiri N. Toychiyeva hamda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati T. Isroilova tomonidan Andijon shahridagi “Barkamol” MFY hududida joylashgan 43-maktabda amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari, sinf xonalari, yo‘laklar va sport zallarining holati, amalga oshirilgan joriy ta’mirlash ishlari sifati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, maktabning zamonaviy o‘quv jihozlari, parta-stullar, darsliklar va ko‘rgazmali qurollar bilan ta’minlanganlik darajasi, isitish tizimlarining mavsumga tayyorgarligi o‘rganildi.

Maktab rahbariyati va pedagoglar bilan suhbatlashilib, o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish hamda aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik — sifatli ta’lim garovi!

Slide 1 of 3