35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Mahsulotlar sifati va yaroqlilik muddati o‘rganildi

Mahsulotlar sifati va yaroqlilik muddati o‘rganildi
Biriktirilgan tashkilotlar hamda Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi doimiy komissiyalari o‘rtasidagi hamkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Shu doirada deputat N. Allayorova tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limi bilan hamkorlikda tuman Dehqon bozoridagi savdo markazlarida o‘rganish ishlarini olib bordi.
🔎 O‘rganish davomida savdo rastalarida aholiga taklif etilayotgan oziq-ovqat va boshqa mahsulotlarning yaroqlilik muddati, sifati, saqlash sharoitlari hamda iste’molchilar uchun xavfsizligiga e’tibor qaratildi.
📌 Mazkur o‘rganishlardan asosiy maqsad — iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, sifatsiz yoki yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlarning savdoga chiqarilishining oldini olish hamda aholiga sifatli va xavfsiz mahsulotlar yetkazilishini ta’minlashdan iborat.
🤝 Deputatlik nazorati doirasida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikdagi bunday o‘rganishlar kelgusida ham davom ettiriladi.

Slide 1 of 2