Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan Qalandarxona MFYda soliq xodimi bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi soliq tushumlari holati yuzasidan suhbatlashildi.
Suhbat davomida soliq tushumlarining belgilangan reja asosida bajarilishi, mavjud qarzdorliklarni bartaraf etish, tadbirkorlik subyektlari va aholi bilan tushuntirish ishlarini olib borish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, soliq tushumlarini oshirish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Hududda soliq tushumlarini barqaror ta’minlash va belgilangan ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha ishlar davom ettirilmoqda.