Qalandarxona MFYda Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati A. Appakov tomonidan mahalla yettiligi bilan uchrashuv va suhbat o‘tkazildi.
Suhbat davomida mahalla yettiligining faoliyati, aholi bilan ishlash jarayonlari hamda 24 ta tavsiyaning mazmun-mohiyati va amaliy ijrosi yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, belgilangan vazifalarni samarali tashkil etish, aholi muammolarini o‘rganish va ularni hal etishda manzilli yondashuvni kuchaytirish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish va 24 ta tavsiya ijrosini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.