Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 18-Yangi turmush saylov okrugi deputati S.Yuldosheva mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi sayyor uchrashuvni o‘tkazdi.
📝 Ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan yo‘l infratuzilmasi, ichimlik suvi ta’minoti, bandlik, ijtimoiy soha va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaatlar hamda takliflar bildirildi.
Bildirilgan murojaatlar atroflicha muhokama qilinib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli deputatlik so'rovlari yuborilishi haqida aytildi.Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar nazoratga olindi.
Fuqarolar bilan bunday ochiq muloqotlar aholini o‘ylantirayotgan muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, ularning yechimini ta’minlash hamda davlat organlari va aholi o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.