35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#19_1_modda Garovsiz kredit ajratilishi bo‘yicha deputatlik o‘rganishi yo‘lga qo‘yildi
янв.21
#doimiy_komissiya Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#DK_qarori Mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#okrugda_o'rganish Sessiyaoldi o‘rganish: maktabdagi ta’lim sharoitlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
#kotibiyat Qarshiobod mahallasida “yettilik” faoliyati o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda Deputatlik nazorati: uy-joy qurilishi uchun garovsiz kreditlar o‘rganilmoqda
янв.21
Hamkorlik va deputatlik nazorati davom etmoqda
янв.21
13-BAND IJROSI: Boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
17-BAND IJROSI: Po‘latchi mahallasidagi holat o‘rganildi
янв.21
15-BAND IJROSI:Yoshlar bog‘idagi holat o‘rganildi
Istiqlol bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish ishlari nazoratda

 O‘rganish davomida mahallada hududni obod va ko‘rkam maskanga aylantirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda ko‘chalarni tartibga
keltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga e’tibor berildi. Ko‘chalar va umumiy foydalanishdagi hududlar tozalanib, ariq-zovurlar chiqindilardan xoli qilinmoqda.
 

Mazkur xayrli ishlarda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda ko‘ngilli fuqarolar faol ishtirok etayotgani e’tiborga loyiq. Hashar va obodonlashtirish tadbirlarining uyushqoqlik bilan tashkil etilayotgani mahalla aholisining tashabbuskorligi, hamjihatligi va birdamligini namoyon etmoqda. 

Deputat tomonidan obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda hududning
sanitariya va ekologik holatini doimiy nazorat qilib borish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
 

Bunday ezgu tashabbuslar nafaqat mahalla qiyofasini yanada chiroyli va obod etishga, balki aholi o‘rtasida ahillik, mehr-oqibat, hamjihatlik va jamoaviy mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qiladi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 4