35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylov natijalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“XAVFSIZ VA RAVON YO‘L” — DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN MADANIYAT BO‘LIMIDA HUQUQIY SAVODXONLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TUMAN QISHLOQ XO‘JALIGI BO‘LIMIDA HUQUQIY SAVODXONLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TUMAN PENSIYA JAMG‘ARMASI BO‘LIMIDA HUQUQIY SAVODXONLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT VA DOIMIY KOMISSIYA HAMKORLIGI DAVOM ETMOQDA
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT VA DOIMIY KOMISSIYA HAMKORLIGI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MANG‘ITOBOD MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” BILAN HAMKORLIK O‘RGANILDI
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 6-Mirzayon saylov okrugidan saylangan deputat G‘. Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan Mirzayon mahallasining Obod va Tuprez qishloqlarida aholini qiynab kelayotgan yo‘l muammolari joyiga chiqib o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida mazkur qishloqlarda ichki yo‘llarning holati, aholining kundalik harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda yo‘llarni asfaltlashtirish bilan bog‘liq murojaatlar ko‘zdan kechirildi. Fuqarolar tomonidan yo‘llarni asfaltlash, transport qatnovini yaxshilash va hudud infratuzilmasini yanada rivojlantirish yuzasidan bildirilgan taklif va muammolar tinglandi.
✅Deputat tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish hamda hududdagi mavjud muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralarni ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.
✅Joyiga chiqib o‘rganish natijalari asosida Obod va Tuprez qishloqlaridagi yo‘llarni asfaltlashtirish masalasini tegishli dasturlarga kiritish hamda muammoni amaliy hal etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.
✅Aholi murojaatlarining joyida o‘rganilishi va ularning yechimi yuzasidan amaliy ishlarning olib borilishi deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Slide 1 of 3