35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Saylov natijalari muhokama qilindi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
“XAVFSIZ VA RAVON YO‘L” — DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DOIMIY KOMISSIYA YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TUMAN MADANIYAT BO‘LIMIDA HUQUQIY SAVODXONLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TUMAN QISHLOQ XO‘JALIGI BO‘LIMIDA HUQUQIY SAVODXONLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
TUMAN PENSIYA JAMG‘ARMASI BO‘LIMIDA HUQUQIY SAVODXONLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT VA DOIMIY KOMISSIYA HAMKORLIGI DAVOM ETMOQDA
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT VA DOIMIY KOMISSIYA HAMKORLIGI DAVOM ETMOQDA
янв.21
MANG‘ITOBOD MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” BILAN HAMKORLIK O‘RGANILDI
TUMAN QISHLOQ XO‘JALIGI BO‘LIMIDA HUQUQIY SAVODXONLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurash va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi ishchi guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 13-martdagi 134-son “Davlat tashkilotlari xodimlarining huquqiy savodxonligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini o‘rganish bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

🔎 Shu doirada xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputatlaridan iborat ishchi guruh tomonidan tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

📚 O‘rganish jarayonida bo‘lim xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, huquqiy o‘quv mashg‘ulotlari va tushuntirish tadbirlarining muntazamligi, yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlarini xodimlarga yetkazish hamda elektron o‘quv materiallaridan foydalanish holati ko‘zdan kechirildi.

📌 Shuningdek, xodimlarning huquqiy bilimlarini baholash jarayoni, mavjud kamchiliklar va ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar o‘rganildi.

Slide 1 of 4