Navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan tuman gaz ta’minoti rahbarining hisoboti oldidan hududlarda gaz ta’minoti bilan bog‘liq holatlarni o‘rganish hamda aholi murojaatlarini tinglash ishlari davom ettirilmoqda.
📍 Shu doirada xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Mardonova tomonidan Turon mahallasi hududida o‘rganish ishlari olib borildi.
🗣 O‘rganish davomida mahalla fuqarolari bilan suhbatlashilib, ularning mavjud muammolari va takliflari tinglandi.
Fuqarolar tomonidan, xususan, suyultirilgan gaz ballonlarini o‘z vaqtida yetkazib berish va tarqatish masalasi yuzasidan murojaatlar bildirildi.
📌 Deputat tomonidan aholi murojaatlari qayd etilib, masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda amaliy yechim topish yuzasidan tegishli choralar belgilandi.