35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#19_1_modda Garovsiz kredit ajratilishi bo‘yicha deputatlik o‘rganishi yo‘lga qo‘yildi
янв.21
#doimiy_komissiya Mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#DK_qarori Mahalliy budjetning qo‘shimcha mablag‘larini yo‘naltirish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
#okrugda_o'rganish Sessiyaoldi o‘rganish: maktabdagi ta’lim sharoitlari ko‘zdan kechirildi
янв.21
#kotibiyat Qarshiobod mahallasida “yettilik” faoliyati o‘rganildi
янв.21
#19_1_modda Deputatlik nazorati: uy-joy qurilishi uchun garovsiz kreditlar o‘rganilmoqda
янв.21
Hamkorlik va deputatlik nazorati davom etmoqda
янв.21
13-BAND IJROSI: Boshqaruv kompaniyalari faoliyati o‘rganildi
янв.21
17-BAND IJROSI: Po‘latchi mahallasidagi holat o‘rganildi
янв.21
15-BAND IJROSI:Yoshlar bog‘idagi holat o‘rganildi
Kogon shahrining aziz tadbirkorlari!
TADBIRKORLAR KUNI MUBORAK!

Kogon shahrining aziz tadbirkorlari!

Sizlarning har bir tashabbusingiz, har bir yangi loyihangiz, har bir yaratilayotgan ish o‘rningiz ortida katta mehnat, jasorat va Vatanga bo‘lgan fidoyilik mujassam!

Bugun Kogon shahrining rivoji va farovonligiga munosib hissa qo‘shayotgan, o‘z mehnati bilan yangi imkoniyatlar yaratayotgan tadbirkorlarimizga faxr va hayrat bilan ta’zim aytamiz!

Sizlar bor ekansiz, yangi g‘oyalar bor! Sizlar harakat qilayotgan ekansiz, yangi ish o‘rinlari, yangi loyihalar va yangi marralar sari yo‘l ochilmoqda!

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi deputatlari nomidan sizlarga mustahkam sog‘lik, cheksiz kuch-g‘ayrat, ulkan zafarlar va barakali daromadlar tilaymiz!

Kogon tadbirkorlarining har bir yutug‘i — Kogon shahrining yutug‘i!

Tadbirkorlar kuni muborak bo‘lsin!

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash