35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#doimiy_komissiya 📋 DOIMIY KOMISSIYANING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI O‘TKAZILDI
янв.21
#kotibiyat 📰 “PASTDARG‘OM HAQIQATI” GAZETASI TAHRIRIYATIDA
янв.21
#162_qonun #hukumat_qarori ⛽️ YOQILG‘I NARXLARI O‘RGANILDI
янв.21
#162_qonun 🛡 ISTE’MOLCHILAR HUQUQLARI HIMOYASI O‘RGANILDI
янв.21
#24_ta_masala 🏥 2-BAND IJROSI:AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
22-BAND IJROSI: REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
#24_ta_masala 🏥 2-BAND IJROSI: TIBBIYOT MUASSASASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#24_ta_masala 📌 AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
#24_ta_masala 🏘 QORAG‘UPPA MAHALLASINI RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA TAKLIFLAR BILDIRILDI
янв.21
#24_ta_masala 📌 5-BAND IJROSI: IJTIMOIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
22-BAND IJROSI: REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

 22-BAND IJROSI: REKONSTRUKSIYA ISHLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati Maqsud Kazakov tomonidan tumandagi "Navro‘z" tez tibbiy yordam shoxobchasi binosida amalga oshirilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Mazkur obyekt PQ-393-sonli qaror asosida tumandagi ijtimoiy soha obyektlarini rekonstruksiya qilish va qo‘shimcha binolar qurish dasturiga kiritilgan bo‘lib, loyiha ijrosi deputatlik nazoratida olib borilmoqda.

O‘rganish jarayonida mavjud 50 qatnovli tez tibbiy yordam shoxobchasi binosini 1-tip oilaviy poliklinika talablariga moslashtirish, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda tibbiyot xodimlari uchun zamonaviy va qulay mehnat sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Deputatlik nazorati doirasida qurilish-montaj ishlarining belgilangan muddat va sifat talablari asosida amalga oshirilishi muntazam monitoring qilib boriladi.    

Slide 1 of 4